1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

Yaqinda O'zbekistonga 100 nafar falastinlik bolalar va ayollarni evakuatsiya qilingandi.

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

 

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning urushdan jabr ko‘rgan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollarni evakuatsiya qilganidan taʼsirlanib 3 kun yig‘laganini va prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan gaplashganini aytdi.

 

"Urushda yaralangan falastinlik bolalar va ayollar O‘zbekistonga olib kelindi. 3 kun o‘zimga kela olmasdan yig‘ladim. Bizni qo‘limizdan nima keladi deb qo‘ng‘iroq qilishni boshladim. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan gaplashib bizdan nima yordam kerak deb so‘radim. Ularga qanday yordam berish kerakligi borasida turmush o‘rtog‘im bilan gaplashib maslahatlashdim. Turmush o‘rtog‘im bilan qiymati 1 milliard 300 million so‘mlik 2 ta xonadon xarid qildik. Mana shu 2 ta uyni Falastindan kelgan bolalar va ayollarga olyapman deganimdan keyin 2 ta uy 4 ta bo‘ldi. Ushbu xonadonlar to‘liq taʼmirlangan holatda topshirilmoqda," - degan Yulduz Usmonova.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика