Aniqlanishicha, sheʼr muallifi bu sheʼrni o‘z turmush o‘rtog‘iga atab 2016 yilda yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xonanda qalam haqi evaziga unga sheʼriy to‘plamini chop etilishiga ko‘maklashishni vaʼda qilgan.
Biroq, xonanda shoirning sheʼriy to‘plamini chop ettirish vaʼdasi bilan uni uzoq muddat aldab yurgan.
Shuningdek, 29 oktyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev hamda xonanda Yulduz Usmonova ishtiroki bilan ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sudning yakuniy qaroriga ko‘ra, daʼvo arizasi qisman qanoatlantirildi.
Sudda daʼvogar hisobiga uning maʼnaviy zarari uchun 50 million so‘m hamda BHMning 500 baravari miqdoridagi mablag‘ Yulduz Usmonovadan undirilishi haqida qaror qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan 3 yil mobaynida “Xasta bo‘lma” va “Sevgi izhori” nomli sheʼrlari uchun qalam haqi olmayotganini maʼlum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


