1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Yulduzlar qanday avtomobilda yuradi?

Mashhurlarning mashhur avtomobillari bilan tanishing.

Yulduzlar qanday avtomobilda yuradi?

 

O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonovaning qora rangli “BMW x7” rusumli avtomobili bor. Uni turmush o‘rtog‘i Mansur Abaliyev 2019 yilda xonandaning tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilgan.

 

Munisa Rizayeva ham Yulduz Usmonovadan qolishmaydi. Unda ham “BMW x7” avtomobil bor. Faqat oq rangda. Shuningdek, Rizayevaning “Malibu-2” si ham bor. U shu kungacha “Jiguli”, “Matiz”, “Nexia”, “Nissan” va “Mercedes”ning bir necha rusumlarini boshqargan.

 

Raqqosa va aktrisa Parizoda ayni kunlarda yangi avtomobil olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida storis joylagan. Parizoda 2018-yildan buyon “Malibu” haydaydi. Uning ilk boshqargan mashinasi “Nexia”.

 

Hosila Rahimova 2 oy avval Dubaydan “Toyota Land Cruiser  x4” avtomobili sotib oldi. Xonanda ushbu mashinasini buyurtma asosida olib kelgan.

 

— Ilk marta “Jiguli” boshqarganman. Uni dadam sovg‘a qilgandi”, — deya eslaydi xonanda.

 

Qiziqchi va aktrisa Halima Ibragimovaning “Malibu-2” va “Tracker” avtomobili bor. Aktrisa zarurat bo‘lmasa, deyarli rulga o‘tirmaydi. Avtomobillarini,  asosan, turmush o‘rtog‘i boshqaradi.

 

Shoxjahon Jo‘rayev “Toyota Land Cruiser Prado” rusumli avtomobil boshqaradi. Xuddi shu rusumdagi avtomobil qiziqchi Avaz Oxun va xonanda Botir Qodirovda ham bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика