1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

YUNESKO “Abdullaxon” madrasasi qayta tiklanishi uchun grant ajratdi

YUNESKO Umumjahon merosi markazi 2020 yil oktyabrda jahon bo‘ylab madaniy meros obyektlarini saqlash va restavratsiya qilish maqsadida qiymati 30 ming AQSH dollariga teng xalqaro grant dasturini eʼlon qilgan.

YUNESKO “Abdullaxon” madrasasi qayta tiklanishi uchun grant ajratdi

 

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari Buxoro shahridagi “Abdullaxon” madrasasini qisman taʼmirlash maqsadida ushbu grant dasturi uchun tegishli hujjatlarni tayyorlab, YUNESKOning Umumjahon merosi markaziga taqdim etgan.

 

«Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan loyihalar orasidan Buxoro shahridagi “Abdullaxon” madrasasini restavratsiya qilish loyihasi g‘olib deb topildi. 30 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilindi. Jalb etilgan mablag‘ YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda madrasaning qulab tushgan qismini tiklash xarajatlarini qoplashga sarflanadi», – dedi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudov.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdullaxon II madrasasining bir qismi o'pirilib tushgani hamda madrasa devorining o‘pirilib tushgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика