1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YUNESKOga kirgan baʼzi madaniy obyektlar ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin

YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga insoniyat uchun o‘ta muhim deb topilgan tabiat va madaniyat obyektlari kiritilgan.

YUNESKOga kirgan baʼzi madaniy obyektlar ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin

Bu status mazkur obyektlar uchun qayg‘urish va ularni kelajak avlodga yetkazish zarurligini bildiradi. 16 iyul kuni tashkilot qo‘mitasi bu ro‘yxatga yana nimalarni qo‘shishni muhokama qilish uchun yig‘iladi.

Sessiyada shuningdek, xavf ostidagi joylar muhokama qilinadi. Yaʼni, agar ular biror hodisa sabab ro‘yxatga kiritilgan o‘ziga xosligidan mahrum bo‘lsa, undan chiqarilishi mumkin.

Umumiy hisobda 7 ta shunday obyekt aniqlangan. Ularga inson faoliyati yoki tabiiy ofatlar xavf solmoqda.

Ayni payida 2 ta obyekt ro‘yxatdan butunlay o‘chirilishi mumkin.

Bundan avval faqat 2 marta: 2007 va 2009 yillarda shunday hodisa ro‘y bergan.

Endi Tanzaniyadagi Selus qo‘riqxonasi to‘g‘on qurilishi tufayli va Britaniyadagi Liverpul port shahri ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin. YUNESKO u yerdagi zamonaviy binolar port ko‘rinishini buzayotganidan xavotirda.

Shuningdek, Avstraliyadagi Katta baryer rifi ham ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin. Tashkilot uning korallari yo‘qolishi mumkin, deb hisoblaydi. Shiddatli turizmdan aziyat chekayotgan Venetsiya suv havzalari, Kamchatka vulqonlari, Budapesht, Albaniya va Shimoliy Makedoniyaning Oxrid tumani tabiat va madaniyat yodgorliklari, G‘arbiy Afrikadagi qo‘riqxonalar tizimi va Nepaldagi Katmandu vodiysiga ham xuddi shu xavf tahdid solmoqda.

Qo‘mitaning 44 sessiyasi Xitoyning Fuchjou shahrida onlayn formatda ish boshlaydi.

 

Sharofat Mahmudova

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика