1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YUNISEF 110 million bola uchun 10 milliard dollar so‘ramoqda

Bu pullar 155 davlatga taqsimlanadi.

YUNISEF 110 million bola uchun 10 milliard dollar so‘ramoqda

 

YUNISEF mojarolar, iqlim inqirozlari va tabiiy ofatlardan aziyat chekkan bolalarga 10,3 milliard dollar ajratishni so‘ramoqda. Bu mablag‘ 2023-yil oxirigacha 155 davlatdagi 110 million bola ishtirokidagi dasturlarga yo‘naltiriladi. Umumiy hisobda 173 million odamga yordam ajratiladi.

 

YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassel ayni paytda yordamga muhtoj bolalar soni eng yangi tarixda rekord darajaga yetganini aytdi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, shu yil boshida 274 million odam gumanitar yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan. Yil davomida turli mojarolar, jumladan, Ukrainadagi vaziyat tufayli ularning soni va ehtiyojlari ortgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика