1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yunusobod tumanidagi xususiy uylardan birida besh talabaning is gazidan zaharlanib vafot etgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Joriy yilning 27 fevral kuni Toshkentda o‘qiydigan besh nafar talabaning murdasi ular ijarada turadigan uydan topilgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Kuni kecha mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida uy egasiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Yunusobod tumanidagi xususiy uylardan birida besh talabaning is gazidan zaharlanib vafot etgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Bu haqda Toshkent shahar  sudi matbuot xizmati  Zamon.uz ga maʼlum qildi. Sudlanuvchi ayol olti nafar talaba bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan o‘zining yashash uyining qo‘shimcha qismini ijarada vaqtincha yashashi uchun ajratgan. Shu kuni “Hududgaz poytaxt” MCHJning tuman filiali xodimlari ijara uyining birinchi xonasi yerto‘lasida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasdan ishlatib kelinayotgan tabiiy gaz orqali ishlaydigan isitish pechini tekshiradi. Ular tomonidan tuzilgan gaz uskunalarini taʼmirlash hamda avariya holatini bartaraf etish yuzasidan buyurtma hujjatlariga asosan og‘zaki ravishda yerto‘ladagi isitish pechining o‘rnatilgan joyi texnika xavfsizligi qoidalariga zid ekani bayon etiladi. Qolaversa, isitish pechining dudbo‘roni nosozligi: tortmayotgani, chirigani sababli qayta ulanmasligi, agarda gaz tarmog‘iga ulanmoqchi bo‘lsa faqatgina gaz idorasining masʼul xodimi tomonidan isitish pechini dudbo‘ronini sozligi tekshirilgandan so‘nggina gazni isitish pechiga yoqishi shartligi haqida ogohlantiriladi. Shunga qararmay, uy egasi ijarada yashovchi talabalarga go‘yoki gaz idorasi xodimi bilan telefon orqali gaplashib, undan og‘zaki ravishda ruxsat olganligini bildiradi. Mazkur harakati “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” bilan taqiqlanganini bilishi shart bo‘lsa ham, beʼparvolik qilib, gaz uskunalari va dudbo‘ronni sozlash uchun hech qanday bilimga va hujjatga ega bo‘lmagan ijarachilarga isitish pechi yonishi natijasida yongan gaz hidi chiqadigan dudbo‘ronni sozlab olishlari uchun ruxsat bergan.

Shunga ko‘ra, ijarachilar o‘zlari bilganicha ushbu uyni isitish vazifasini bajaruvchi yerto‘lada joylashgan pech dudbo‘ronining quvurlarini to‘liq tozalamay, ko‘cha devoriga o‘rnatilgan dudbo‘ronning faqatgina yuqori qismidagi quvurini almashtirish yo‘li bilan sozlab, uy egasining ko‘rsatmasiga muvofiq isitish pechiga gazni yoqib, ijara uyining xonalarini isitib, ishlatib kelishgan.

Uy egasining Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovasi, 139-qismining bir qancha bandlari qoidalarini mensimaganligi oqibatida ijarada yashovchi 5 nafar ijarachining murdalari nomaʼlum etiologik moddadan zaxarlanish tashxisi bilan topilgan.

 Uy egasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topildi va unga shu modda bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика