1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yunusobodda qalbaki “Remdesivir” dorisini 4 700 AQSH dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

Qalbaki «Pandovir 100 (Remdesivir)» dori vositasini tayyorlab sotayotgan shaxslarning kirdikorlari fosh bo‘ldi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Yunusobodda qalbaki “Remdesivir” dorisini 4 700 AQSH dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

 

 

Qayd etilishicha, departament hamda DSQning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda, fuqaro D.A. va boshqalar oldindan til biriktirib “Bactopraz-S” dori vositasi yorlig‘ini o‘zgartirish orqali tayyorlangan qalbaki «Pandovir 100 (Remdesivir)»dori vositasini har birini 500 ming so‘mdan hisoblab, to‘lovni AQSH dollarida amalga oshirishga kelishib, 100 dona qalbaki «Pandovir 100 (Remdesivir)» dori vositasini 4 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, tadbir davomida yuqoridagi dori vositalari Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida tayyorlanganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 23 turdagi qalbaki dori vositalari hamda 500 dona yorliqlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика