Hodisa bugun, 12 may kuni taxminan 09:30 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan yo‘lda yuz bergan.
Unda “Toza hudud” DUKga qarashli “Isuzu” rusumli maxsus yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqqan.
O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Hozirda xolat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


