Intellektual rivojlangan odamlarda g‘alati odatlar, nostandart xatti-harakatlar va dangasalik alomatlari uchrashi mumkin. Balki, siz ham bu odatlar orqali o‘zingizni tanib olarsiz?
1. Kechasi ishlashga moyillik
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori IQ darajasiga ega insonlar tungi hayotni afzal ko‘radilar. Ular ijodiy va muhim ishlarini kech soatlarga qoldirib, o‘sha paytda samaraliroq ishlashadi.
2. Oddiy xatolar qilish va ularni tan olishni yoqtirmaslik
Aqlli odamlar muammolarni tezda hal qilishga intilishadi. Baʼzida bu shoshqaloqlik xatolarga olib keladi, lekin ular o‘z xatolarini tan olishga qiynalishadi va tanqidni shaxsiy haqorat sifatida qabul qilishlari mumkin.
3. Doimiy kechikish
Ijodkor odamlarda vaqtni to‘g‘ri boshqarish qiyin bo‘lishi mumkin. Ular optimistik bo‘lganlari sababli, hamma narsaga ulgurishga harakat qiladilar, ammo tez-tez kechikadilar.
4. Qo‘pol hazillar va g‘alati vaziyatlarga kulish
Intellektual odamlar nozik hazillarni qadrlashadi, shu jumladan, qo‘pol va o‘ziga xos hazillarni. Bu ularga stressni yengishda yordam beradi.
5. Tashvish va vahima holatlariga moyillik
Yuqori aql darajasiga ega insonlar ko‘pincha o‘tmishni chuqur tahlil qiladilar va kelajakdagi xavflarni tasavvur qilishadi. Bu ularga muammolarni oldindan ko‘rishda yordam beradi, ammo doimiy tashvish va stressga olib keladi.
6. Odamlarga yuqori talablar qo‘yish
Aqlli odamlar muvaffaqiyatga tez erishadilar va boshqalardan ham shuni kutadilar. Natijada, ular boshqalarga nisbatan talabchanroq bo‘lib, baʼzida murosasiz tuyulishlari mumkin.
7. O‘ylamay xafa qiluvchi gaplarni aytish
Boshqalarning his-tuyg‘ularini sezishda qiynaladigan odamlar, baʼzan, o‘zlari bilmagan holda, xafa qiluvchi so‘zlarni aytib qo‘yishadi. Bu esa ular uchun muloqotni murakkablashtiradi.
8. Minimalizmga intilish
Yuqori aql egalari minimalizmni yoqtiradilar. Ularning yashash joylari, ishlari va hatto munosabatlari ham sodda va ortiqcha narsalardan xoli bo‘ladi.
9. Kamdan-kam odamlar bilan yaqin bo‘lish
Aqlli insonlar kamdan-kam odamlarni o‘z yaqin doirasiga kiritadilar. Ular faqatgina o‘zlariga mos keladigan, hayotlarini og‘irlashtirmaydigan insonlar bilan yaqinlik qiladi.
10. Suhbatlarda kam gapirish
Bunday insonlar ko‘pincha suhbatlardan chetda turib, boshqa odamlarni kuzatishni maʼqul ko‘rishadi. Ular muloqotga o‘zlarini moslashishga ko‘p vaqt sarflashadi.
11. Divanda yotishni afzal ko‘rish
Jismoniy faoliyatdan ko‘ra, aqlli odamlar bo‘sh vaqtlarida divanda yotib, fikrlashni afzal ko‘radilar. Bu ularning fikrlash jarayonlarini faollashtiradi.
Bu odatlar ko‘pincha yuqori aql darajasining alomati bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingizda shunday jihatlarni sezsangiz, bu noodatiy aqlingizning bir qismi bo‘lishi ehtimoldan holi emas!
Komila Odilova tayyorladi


