1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Shuningdek, endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi.

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimidagi masalalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida maʼlum qilinishicha, endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi.

Shuningdek, barcha fanlarda milliy g‘urur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinishi shartligi qayd etildi.

"Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga ‘kimyo – biologiya‘, ‘matematika – fizika‘, ‘matematika – chet tili‘, ‘ona tili va adabiyot – chet tili‘ fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi. Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi", — deydi prezident.

Bundan tashqari, darslarning mazmuni ham o‘zgarishi taʼkidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика