1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar

Olti turdagi mahsulot yurak-qon tomir xastaliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar

JSSTga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sababi bo‘lib, har yili undan taxminan 17,9 million nafar inson vafot etadi.

 

Agar ratsionga ozgina o‘zgartirish kiritish orqali ushbu xastalik xavfini keskin kamaytirish mumkin bo‘lsachi? Makmaster universiteti va Gamilton universitetining Aholi salomatligi ilmiy-tadqiqot instituti (PHRI) tomonidan o‘tkazilgan muhim tadqiqot buning mumkin ekanligini isbotladi.

 

Tadqiqotga ko‘ra, ratsionimizga quyidagi oltita asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi: mevalar, sabzavotlar, dukkaklilar, yong‘oq, baliq va to‘liq sut mahsulotlari.

 

Bunda har kuni meva va sabzavotlardan ikki-uch porsiya, shuningdek, bir porsiya yong‘oq va ikki porsiya sut mahsulotlarini, haftada uch-to‘rt marta dukkaklilar va ikki-uch marta baliq isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.

 

Yurak uchun sog‘lom parhezga o‘tish qiyin tuyulishi mumkin, ammo u yurak xastaligi bilan kurashishdan ko‘ra ancha oson.

 

Ushbu olti turdagi mahsulotni kundalik hayotingizga qo‘shishning oson usullari mavjud.

 

Masalan:

  • Kuningizni meva yeyish bilan boshlang.
  • Har ovqatlanayotganingizda likopchangizning yarmini sabzavot bilan to‘ldiring. Ko‘p turdagi vitaminlar va minerallarni olish uchun turli xil ranglardagi sabzavotlarni tanlang.
  • Fasol va yasmiq (chechevitsa) universal hisoblanadi. Ularni sho‘rva, dimlab pishirilgan taomlar va salatlarga qo‘shing.
  • Yoningizda doim yong‘oq to‘la kichik idish tursin, qorningiz ochganida tezgina yeb olib, yuragingiz holatini yaxshilaysiz.
  • Haftada ikki-uch marta baliq yeyishga harakat qiling.
  • Yogurt, pishloq va tabiiy yog‘li sutni tanlang.

 

Yodingizda tuting, nafaqat ovqatlanishni tartibga solish, balki doimiy jismoniy mashqlar, stressni boshqarish va yetarlicha uxlash ham yurak faoliyatini yaxshilashi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика