Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkentga ko‘chiriladi.
Prezident farmonida belgilanishicha, Yangi Toshkent hududidan universitetning zamonaviy kampusini barpo etish uchun zarur hudud ajratiladi.
Adliya vazirligi buyurtmachi bilan birgalikda eng maqbul takliflarni tanlash asosida TDYUning zamonaviy kampusini loyihalash va qurish jarayoniga hamda uni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari, xalqaro, regional va xorijiy banklarning imtiyozli mablag‘larini hamda xorijiy yirik quruvchi kompaniyalarni jalb etadi.
Mazkur ishlarni 2025-2028 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.


