1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yuzlab afg‘onistonlik diplomatlar kelajagi noma’lumligicha qolmoqda

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyati o‘rnatilganiga bir oydan oshganiga qaramay, horijdagi elchilar va diplomatik missiyalar taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda TOLO News xabar berdi.

Yuzlab afg‘onistonlik diplomatlar kelajagi noma’lumligicha qolmoqda

 Afg‘onistonda tuzilgan madaniyat masalalari bo‘yicha komissiya bu borada tez orada TIV qarori e’lon qilinishini ma’lum qildi. Komissiya a’zosi Said Xostiyning fikricha, elchilar va diplomatik missiyalar Tashqi ishlar vazirligi bilan maslahatlashmay, faoliyatini olib bora olmaydi. “Chet eldagi vakolatxonalar Islom amirligi manfaatlarini ifoda etishi kerak. Hozirda tashqi ishlar vazirligi mavjud muammolarni o‘rganmoqda va tez orada bir qarorga keladi”,- degan Xostiy. 
 Ayrim afg‘on diplomatlari keyingi taqdiridan xavotirda. Shu sababli ular turli davlatlardan siyosiy boshpana so‘ragan. Shuningdek, elchilar bir necha oydan buyon maosh olmagan. Hozirda ularning ko‘pchiligi yashash harajatlariga mablag‘ topa olmayapti. Sobiq diplomat Abdulhamid Jaliliyning aytishicha, elchixona xodimlari yaqin orada maoshlarini olishi qiyin. Jaliliy Islomoboddagi ba’zi diplomatlar BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardan yordam so‘rab, boshqa mamlakatlarga chiqib ketishga harakat qilayotganini ham ma’lum qildi. 
 TOLO News bilan suhbatlashgan ayrim elchixonalar Afg‘onistonning yangi tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy bilan videokonferensiya o‘tkazish rejalashtirilganligi, biroq ko‘plab elchilar bu uchrashuvda qatnashishni inkor qilganini aytgan. Shundan keyin bu tadbir bekor qilingan. 
 Shu bilan birga Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili Gʻulom Muhammad Ishoqzay tashkilot bosh kotibidan o‘z vakolatlari uzaytirilishini so‘ragan. Shuningdek, Ishoqzay 27 sentyabr kungi BMT yig‘ilishida Afg‘oniston vakili sifatida ishtirok etadi. 
Ma’lumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher viloyati edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilaganini e’lon qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика