
Bu haqda u “Geo Tv” kanaliga bergan intervsida aytib o‘tgan.
Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Pokistondagi “Taxriki Tolibon Pokiston” (Pokiston Tolibon harakati)ning Afg‘oniston toliblariga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu harakat bilan Pokiston hukumati shug‘ullanishi lozim.
Pokiston ulamolari va diniy vakillari o‘z xatti-harakatlari qonuniy yoki qonuniy emasligiga baho berishi hamda strategiyasini ishlab chiqishi kerakligini taʼkidladi.
“Agar Pokiston toliblari bizni o‘z rahbarlari sifatida biladigan bo‘lsa, bizga quloq solishlari kerak”, deb aytgan Mujohid.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Kobul shahrida xavfsiz zona yaratishni taklif qilgan edi.


