1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya prezidenti BMTga Kobulda xavfsizlik zonasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, Parij va London BMTni Afg‘oniston poytaxti Kobulda gumanitar operatsiyalarni himoya qilish uchun xavfsizlik zonasini yaratishga chaqiradigan loyihani taqdim etmoqchi.

Fransiya prezidenti BMTga Kobulda xavfsizlik zonasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi

Bu haqda Journal du Dimanche xabar berdi.

 

Avvalroq, BMT bosh kotibi Antonio Guterrish 30 avgust kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzolari (Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy) bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya va Buyuk Britaniya Kobulda gumanitar operatsiyalarni davom ettirishga imkon beradigan BMT nazoratidagi xavfsizlik zonasini tashkil etish maqsadi bilan rezolyutsiya loyihasini BMTga taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Makronning telefon so‘zlashuvlari kuzatilayotgani, undan so‘ng telefonini o‘zgartirgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика