1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Zamon.uz saytida eʼlon qilingan videolavhadan so‘ng Qashqadaryodagi bozor tartibga solindi

Bu haqda Qarshi shahar hokimligi munosabat bildirdi.

Zamon.uz saytida eʼlon qilingan videolavhadan so‘ng Qashqadaryodagi bozor tartibga solindi

 

Hokimlikning maʼlum qilishicha, shu yilning iyun oyida Qarshi shahridagi “Orzu” savdo majmuasida viloyat prokurori va shahar hokimi tomonidan o‘rganishlar olib borilib, bozor oldidagi shaharsozlik normalariga javob bermaydigan savdo do‘konlari, rastalar va boshqa noqonuniy qurilmalar, sanitariya-gigiyena qoidalariga zid holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan

 

Shuningdek, bozor va uning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilib, tozalanib tartibga keltirilgan.

 

Bugun o‘rganishlar jarayonida ayrim sotuvchilar yana o‘zboshimchalik bilan oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlarini bozor oldiga chiqarib noqonuniy savdo qilayotgani aniqlandi. Ushbu holat tegishli masʼullar va bozor maʼmuriyati tomonidan nazoratga olinib, bozor atrofini tartibga keltirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga zid holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Bozor oldi va bozorga kirish joylari tozalandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика