1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Zangiota tumanida universitet ochiladi

Zangiota tumanida joylashgan «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Zangiota tumanida universitet ochiladi

 

 

Qarorga ko‘ra, oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlarda xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Universitet faoliyati, o‘quv-uslubiy boshqaruvi, ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash zamonaviy axborot texnologiyalari, fan va texnologiyalarning eng yangi yutuqlaridan foydalangan holda xodimlar tayyorlashning umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, qarorda taʼlim berish pullik-kontrakt asosida bo‘lib, kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy taʼlim shaklida ingliz va boshqa tillarda oliygoh hamda hamkor universitetlarda qabul qilingan taʼlim standartlari, o‘quv rejalari, bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlariga ko‘ra amalga oshirish belgilangan.

Universitetga qabul 2022-2023 o‘quv yilida boshlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика