1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Zangiotada ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan yana bir guruh ushlandi

Toshkent viloyatning Zangiota tumanida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan yana bir guruh ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Zangiotada ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan yana bir guruh ushlandi

 

 

Aniqlangan maʼlumotlar asosida ushbu tumanida viloyat prokuraturasi, DXX va IIBB xodimlari ishtirokida navbatdagi «Xavfsiz hudud» tezkor tadbiri tashkil etilgan va yashirin ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan  bir guruh shaxslar ushlangan.

 

Qayd etilishicha, ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar davomida qidiruv, yonida tig‘li jism olib yurish, belgilangan karantin va pasport-viza qoidalarini buzish, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish, bezorilik va noqonuniy ov quroli saqlash kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика