1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Zangiotadagi zapravkada 1,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

Dastlabki tergov jarayonida zarar to‘liq undirilgan.

Zangiotadagi zapravkada 1,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “P.G.O.” MCHJ rahbari U.X. jamiyatga qarashli avtotransport vositalariga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir ko‘rsatish orqali 1,4 milliard so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi taʼminlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика