1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Zarafshonda inspeksiya rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan inspeksiya boshlig‘i ushlandi.

Zarafshonda inspeksiya rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Zarafshon shahar tabiat resurslari inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi N.Ya. fuqarolar N.H va K.M.ni tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 2 500 AQSH dollarini olib, ushbu pullarni tanishi M.O.ga qoldirib, Zarafshon shahar 12-kichik tuman 51-uyning oldiga kelgan vaqtida ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика