25-may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgani xabar qilingandi.
FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgani, qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilayotgani aytilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining qo‘shimcha maʼlumot berishicha, ikki nafar bolaning jasadi topilgan.


