Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Samarqandda O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazi tashkil etiladi.
Turkiya serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish choralari ko‘riladi. Shuningdek, ularning onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi joriy yil so‘nggigacha quyidagi vazifalarni bajaradi:
– xususiy sektorni jalb etgan holda mazkur tumanlarda amalga oshiriladigan intensiv usulda meva-sabzavotchilik loyihalarini ishga tushirish choralarini ko‘radi;
– Samarqand viloyatida O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, milliy pista navlarini yaratish va Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.


