1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hujjat to‘liq tayyor

Ukraina prezidenti hujjatni imzolash uchun vaqt va joy tasdiqlanishini kutayotganini ma’lum qildi.

Zelenskiy: AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hujjat to‘liq tayyor

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh tomonidan taqdim etilgan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hujjat 100 foiz tayyor ekanini bildirdi. Uning aytishicha, Kiyev hozircha faqatgina hujjatni imzolash sanasi va joyi bo‘yicha hamkorlar qarorini kutmoqda. Reuters xabariga ko'ra, bu haqda Zelenskiy Litvaning Vilnyus shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

 

Prezident ta’kidlashicha, ushbu kelishuv Ukrainaga beriladigan xavfsizlik kafolatlarida AQShning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hujjat imzolanganidan so‘ng u ratifikatsiya uchun AQSh Kongressi hamda Ukraina parlamentiga kiritiladi.

 

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida Abu-Dabida AQSh vositachiligida o‘tkazilgan muzokaralarga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushni yakunlash bo‘yicha AQSh taklif qilgan 20 banddan iborat reja muhokama qilingan, bahsli masalalar hali mavjud bo‘lsa-da, ularning soni avvalgiga nisbatan kamaygan.

 

Zelenskiy Rossiya va Ukraina pozitsiyalari keskin farq qilishini qayd etib, Moskva ayrim hududlar masalasida bosimni kuchaytirayotganini aytdi. Shu bilan birga, Kiyev o‘zining hududiy yaxlitligi masalasida murosaga tayyor emasligini yana bir bor tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, AQSh tomonlarni murosaga olib kelishga urinmoqda va buning uchun barcha tomonlar siyosiy iroda ko‘rsatishi zarur.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика