1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShning tinchlik rejasi 28 banddan 20 bandga qisqartirildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti tinchlik rejasidan “shubhasiz, Ukraina tarafdori bo‘lmagan bandlar” olib tashlanganini, biroq hududiy masala bo‘yicha murosaga hali erishilmaganini bildirdi.

AQShning tinchlik rejasi 28 banddan 20 bandga qisqartirildi — Zelenskiy

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh tomonidan taklif etilgan dastlabki 28 banddan iborat tinchlik rejasi Ukraina tomoni bilan qayta ko‘rib chiqilib, 20 bandga qisqartirildi.

 

Zelenskiy jurnalistlarga bergan izohida, “28 band bor edi, endi 20 ta qoldi — ochiqdan-ochiq Ukraina manfaatlariga zid bo‘lgan, ya’ni ‘non-Ukraina’ bandlari olib tashlandi” deb ta’kidladi.

 

Shunday bo‘lsa-da, hududiy masalalar — ya’ni Rossiya bosib olgan hududlar, suverenitet va hududlar daxlsizligi bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha hozirgacha hech qanday kelishuvga erishilmagan. “Hududlarni berish bo‘yicha murosaga hozircha erishilmagan” — dedi prezident.

 

Jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiy Ukraina na konstitutsiya, na xalqaro huquq bo‘yicha o‘z hududlaridan voz kechishga haqqi yo‘qligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Zelenskiyning ma’lumotiga ko‘ra, tinchlik rejasi ustida yakuniy kelishuv 9-dekabrga qadar tayyor bo‘lib, keyin AQShga yuborilishi rejalashtirilgan.

 

Hozirgi pallada Ukraina va uning xalqaro hamkorlari tinchlik rejasi doirasida hududiy daxlsizlik, xavfsizlik kafolatlari va xalqaro kafolatlar masalalarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda muzokaralarni davom ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика