1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy Baydenni Ukrainani NATOga hozir taklif qilishga chaqirdi

Bu signal biz uchun juda muhim — Zelenskiy.

Zelenskiy Baydenni Ukrainani NATOga hozir taklif qilishga chaqirdi

 

Prezident Vladimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Jo Baydenni Ukrainani urush tugaganidan keyin alyansga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, hozir NATOga taklif qilishga chaqirdi

 

Zelenskiyning ta'kidlashicha, Bayden mamlakat Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish-bo‘lmasligini hal qiladi.

 

“U bizning NATOdagi kelajagimizni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo hozir taklif Ukraina askarlari uchun katta yordam bo‘ladi”, — dedi Zelenskiy.

 

Uning aytishicha, Ukraina harbiy mojaro tugaguniga qadar mamlakat NATOga qabul qilinmasligini tushunadi, biroq ukrainaliklar bu masalada ittifoqchilarning yordamini his qilishlari muhim.

 

"Biz hammamiz tushunamiz. Lekin bu signal haqiqatan ham juda muhim", — deb ta'kidladi Zelenskiy va bu Baydenning qaroriga bog'liqligini qo'shimcha qildi.

 

Avvalroq Zelenskiy Ukrainaning NATOga kirishi algoritmini talab qilgan va Vilnyusga safari shartlarini aytib o‘tgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика