1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy BMTdan xafa

Ukraina prezidenti BMT va Qizil Xoch Kaxovka GESining vayron bo‘lishiga o‘z vaqtida va tayinli javob bermaganini aytdi.

Zelenskiy BMTdan xafa

 

Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy BMT va Qizil Xoch tashkilotini mintaqada gumanitar falokatga olib kelgan Kaxovka GESining vayron bo‘lishiga o‘z vaqtida chora ko‘rilmagani uchun keskin tanqid qildi.

 

Bild gazetasiga bergan intervyusida va kechki telemurojaatida Zelenskiy Ukraina Qizil Xochga o‘z xodimlarini tabiiy ofat hududiga jo‘natish haqidagi so‘roviga aniq javob olmaganini aytdi.

 

"Rossiya Federatsiyasi sodir etgan portlash tufayli Ukrainani darhol qo‘llab-quvvatlagan xalqaro tashkilotlarga juda minnatdorchilik bildiraman. Lekin bugun bunday ekologik halokatga olib kelgan portlash uchun xalqaro tashkilotlarga minnatdorchilik bildira olmayman", — deya taʼkidladi Zelenskiy.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelish so‘roviga javoban Ukraina vakillari “baʼzilar mandat haqida, buni qilish kerakmi yoki yo‘qmi degan gaplarni” eshitgan.

 

Kechki telemurojaatida Zelenskiy xalqaro tashkilotlar, jumladan, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi “zudlik bilan qutqaruv operatsiyasiga qo‘shilganini va Xerson viloyatining Rossiya nazoratida bo‘lgan qismidagi odamlarga yordam berganini” taʼkidladi.

 

"Insonlarning hayotini qanday saqlab qolishni unutgan xalqaro tashkilotlarning jazosi bor. Agar hozir bu falokat zonasida xalqaro tashkilot yo‘q bo‘lsa, demak u umuman yo‘q, demak, u o‘z vazifasini bajara olmayapti”, deya qayd etadi u.

 

"Zelenskiyning taʼkidlashicha, Kaxovka GESidagi avariya natijasida odamlar allaqachon halok bo‘lgan. "Rossiya nazoratidagi tomonda odamlar, hayvonlar o‘lgan. Cho‘kib ketgan uylarning tomidan odamlar endi cho‘kib ketganlarni insonlarni ko‘rishmoqda", — dedi Zelenskiy Bild gazetasiga bergan intervyusida.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari odamlarni bosib olingan hududlardan olib chiqishga uringanda, rus qo‘shinlari o‘t ochishi mumkin.

 

Bild jurnalisti, shuningdek, Zelenskiydan Ukrainada aynan Rossiya Kaxovka GESini portlatganiga oid aniq dalillar bor-yo‘qligini so‘radi. Bunga javoban Zelenskiy Ukraina rasmiylari o‘tgan yili stansiya minalangani va Rossiya nazoratidagi hududlarga Ukraina qo‘shinlari kira boshlasa portlab ketishi mumkinligi haqida ogohlantirganini esladi.

 

"Qanday dalillarga ega bo‘lishimiz mumkin? Iltimos, odamlarimizni joyiga qo‘ying, biz dalil topamiz. Yaʼni, buning aksini tasdiqlovchi dalil yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика