1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy Eronni jazolashni talab qilyapti

Shanba kuni Tehron Moskvaga dron sotganini tan olgandi.

Zelenskiy Eronni jazolashni talab qilyapti

 

Vladimir Zelenskiy Rossiya dron yetkazib bergan Eronni jazolashni talab qildi.

 

“Eron rejimining  Rossiyaning Ukrainaga qarshi terrorida ishtiroki jazolanishi kerak. Va bu masalani biz eng yuqori darajada ko‘taramiz”, –  degan u.

 

Eron uzoq vaqt Rossiyaga uchuvchisiz qurilmalarni yetkazib berganini inkor qilib kelgandi. Ammo shanba kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Amir Abdullaxiyan Tehron Ukraina nizosidan ancha avval Moskvaga dronlar eksport qilganini tan oldi.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, eronliklar Rossiyaga harbiy harakatlarni davom ettirishga yordam beryapti.

 

“Agar Eron agressorga qurol bermaganda biz hozir tinchlikka yaqinlashgan bo‘lardik. Bu esa oziq-ovqat inqirozi yechimi yaqinlashishini anglatadi. Turmush darajasining arzonlashuvini yaqinlashtiradi. Energetika bozorida barqarorlashuvni anglatadi”, – deb qayd etgan Ukraina rahbari.

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика