1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy fevralda hokimiyatdan ketishga tayyor bo‘lgan — WP

Bu orqali Ukraina prezidenti nima maqsadni ko‘zlagani maʼlum bo‘ldi.

Zelenskiy fevralda hokimiyatdan ketishga tayyor bo‘lgan — WP

 

The Washington Post  gazetasi bugun “Kiyev uchun jang” nomli maxsus loyihani eʼlon qildi. Unda Ukrainadagi harbiy mojaroning dastlabki kunlari haqida so‘z boradi.

 

Maqolada ukrain hukumatining yuqori martabali amaldorlari, xususan,  prezident Vladimir Zelenskiydan iqtiboslar keltirilgan.

 

“Men hokimiyatni ushlab qolmoqchi emasman. Agar men ketsam, qon to‘kilishi to‘xtasa, bunga tayyorman. Hozirning o‘zida ketaman. Siyosatga (hokimiyatni saqlab qolish) uchun kelmaganman. Agar bu mojaroni to‘xtatsa, istalgan paytda ketishga tayyorman”, – degan u nizoning dastlabki kunlarida.

 

Ukraina prezidenti, shuningdek, fevralda G‘arb siyosatchilari Kiyevning besh kundan ortiq qarshilik qila olmaydi, deb hisoblaganini aytgan.

 

Avvalroq Zelenskiy Minsk kelishuvlariga qaytmasligini maʼlum qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика