Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida videoaloqa orqali davlat yetakchilariga murojaat qilib, Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan urushini to‘xtatishni so‘radi.

"Aynan hozir Rossiyaning vayronkor urushini to‘xtatish vaqti keldi. Bu minglab odamlar hayotini saqlab qoladi", - dedi Zelenskiy o‘z videomurojaatida.
U chiqishi Rossiyaga aloqador emasligini, so‘zlari AQSH, Xitoy kabi davlat rahbarlariga qaratilganini ham bildirdi.
Zelenskiy urush BMT ustavi va xalqaro huquq asosida adolatli yakunlanishi kerakligini taʼkidladi.
Shuningdek u Zaporojye AESining radiatsiya xavfsizligini tiklash, Rossiya quvvat manbalari narxini cheklash va Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha tashabbuslarni kengaytirishga chaqirdi.


