Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiyadan so‘ng Buyuk Britaniyaga keldi.
“Xush kelibsiz, prezident Zelenskiy”, — deb yozgan bosh vazir Rishi Sunak o‘zining Twitter sahifasida. Shuningdek, u Zelenskiy bilan uchrashuv suratini joylashtirgan.
Birozdan keyin Zelenskiy Telegram‘da Britaniya bosh vaziri bilan yana uchrashganidan xursand ekanini aytdi.
“Biz Ukraina g‘alabasi uchun ishlashda davom etamiz”, — dey yozdi Ukraina rahbari.
Zelenskiy va Sunak yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek delegatsiyalar orasida ham muzokaralar bo‘ladi. Mavzu Ukraina mudofaasini kuchaytirish va NATOga kirish yo‘lidagi Ukraina harakatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bundan avval Kiyev rahbari Italiya, Germaniya va Fransiyaga tashrif buyurib, hukumat va davlat rahbarlari bilan uchrashgandi.


