1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Zelenskiy mayda Germaniyaga borishi mumkin

16:36 / 09.04.2023

688

Zelenskiy mayda Germaniyaga borishi mumkin

Zelenskiy mayda Germaniyaga borishi mumkin

U Germaniyada “Buyuk Karl” mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urush boshlanganidan beri ilk bor may oyida Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.

 

Zelenskiy 14-may kuni Germaniya g‘arbidagi Axen shahrida “Buyuk Karl” mukofoti taqdimotida shaxsan ishtirok etishi kutilyapti. Biroq prezidentning safariga Ukraina Qurolli kuchlarining ehtimoliy qarshi hujumi xalaqit berishi ham istisno etilmaydi.

 

Agar bu orada qarshi hujum boshlansa, Zelenskiy marosim ishtirokchilari bilan videohavola orqali gaplashadi.

 

Germaniya kansleri Olaf Shols “Buyuk Karl” mukofotining taqdirlash marosimida tantanali nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. 2023-yili Zelenskiy va Ukraina xalqi Yevropani birlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun uning laureatlari bo‘ldi. Mukofot 18-may kuni topshirilishi kerak edi, biroq Shols Yaponiyadagi G7 sammitida ishtirok etishi sababli taqdirlash marosimi 13-14-mayga ko‘chirilgan.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика