Ukraina G‘arbdan og‘ir texnika olishni boshladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari Andrey Yermak maʼlum qildi.
"Ittifoqchilar bilan hamkorligimiz davom etmoqda. Shuni ayta olamanki, biz og‘ir texnika olishni boshladik", — degan u.
OAV maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina 2022 yil 24 fevraldan buyon 150,8 milliard dollarlik yordam oldi. Ularning uchdan bir qismi — 48.5 milliard dollar harbiy maqsadlarda sarflangan.
AQSH, Buyuk Britaniya va YI harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.


