1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy o‘zining “g‘alaba rejasi”ni ochiqladi

U 5 ta punktdan iborat.

Zelenskiy o‘zining “g‘alaba rejasi”ni ochiqladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radada o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi. Uning g‘alaba rejasi besh banddan iborat.

 

Birinchi band geosiyosiy masalalar, ikkinchi va uchinchisi harbiy masalalar bilan bog‘liq. To‘rtinchi band iqtisodiy sohaga, beshinchisi esa xavfsizlikka tegishli.

 

Ular quyidagilar:

 

1. Urush tugagunga qadar Ukrainani NATOga qabul qilish.

 

2. Rossiya hududida operatsiyalarni davom ettirish va uning hududida zarba berish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish. U maxfiy ilovani o‘z ichiga oladi.

 

3. Rossiya “agressiyasini tiyib turish”, unda ham ittifoqchilar uchun maxfiy ilova mavjud. 

 

4. Ukrainaning strategik va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish.

 

5. Urush tugaganidan keyin Ukraina harbiylari NATO va Yevropa mudofaasini kuchaytirish uchun o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishi mumkin. AQSHning Yevropadagi kontingenti o‘rnini Ukraina armiyasi egallashi mumkin.

 

Shuningdek, reja uchta maxfiy qoidani o‘z ichiga oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика