1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy Putin bilan bevosita uchrashishga tayyorligini bildirdi

Kiyev hududiy masalalar va Zaporojye AES bo‘yicha qarorlar faqat oliy siyosiy darajada qabul qilinishi kerakligini bildirdi.

Zelenskiy Putin bilan bevosita uchrashishga tayyorligini bildirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik jarayonida hal etilmay qolayotgan asosiy masalalarni muhokama qilish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazishga tayyor. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibixa “Yevropeyskaya pravda” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

TIV rahbarining taʼkidlashicha, hozircha eng murakkab va kelishuvga erishilmagan masalalar — hududiy muammolar hamda Zaporojye atom elektr stansiyasi ustidan kelajakdagi nazorat masalasi bo‘lib qolmoqda. Zelenskiy ushbu masalalarni faqat eng yuqori siyosiy darajada muhokama qilish mumkin, deb hisoblaydi.

 

Shu bilan birga, Sibixa Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan alohida uchrashuv o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb bilmasligini bildirib, bunday yondashuv “parallel muzokara yo‘llari”ni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda diplomatlar va mutaxassislardan iborat muzokara guruhlari sulh shartlari hamda uni nazorat qilish mexanizmlarini muhokama qilish ustida ishlamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina “hech qanday sharoitda” o‘z hududlaridan voz kechmasligini maʼlum qilgan edi. Shuningdek, u Abu-Dabida o‘tkazilgan uch tomonlama muzokaralarda ko‘plab murakkab masalalar ko‘tarilganini taʼkidlagan.

 

23–24 yanvar kunlari Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida yopiq formatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov tinchlik bitimi imzolangach, Rossiya AQSHda muzlatilgan aktivlarning bir qismini mojaro oqibatida zarar ko‘rgan hududlarni tiklashga yo‘naltirishga tayyorligini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика