1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy Putinni Ukrainadagi saylovlarni nazorat qilishga urinishda aybladi

Ukraina prezidenti Moskvaning “xavfsizlikni ta’minlash” haqidagi bayonotlarini qat’iyan rad etdi.

Zelenskiy Putinni Ukrainadagi saylovlarni nazorat qilishga urinishda aybladi

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinni Ukrainada bo‘lishi mumkin bo‘lgan saylov jarayonlarini nazorat qilishga urinishda aybladi. “Bizni kimdir nazorat qilishiga rozi bo‘lmaymiz”, — dedi Zelenskiy Polshaning PAP axborot agentligiga bergan intervyusida.

 

Bu bayonot Putinning Rossiya tomoni Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan taqdirda, saylov kuni xavfsizlik masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqidagi so‘zlariga javoban yangradi. Avvalroq Putin Rossiya armiyasi saylov kuni Ukrainaga zarba bermasligi mumkinligini, shuningdek, Rossiyada yashayotgan ukrainaliklarga ham ovoz berish imkoniyati yaratilishi kerakligini aytgan edi.

 

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda harbiy holat amal qilayotgan davrda saylovlar o‘tkazish taqiqlanadi. Shu sababli urush davomida 2023-yilga rejalashtirilgan Oliy Rada saylovlari ham, 2024-yilda bo‘lishi kerak bo‘lgan prezidentlik saylovlari ham o‘tkazilmadi. Ushbu vaziyat fonida Rossiya rasmiylari Ukraina hokimiyatining legitimligi borasida shubha bildiruvchi bayonotlarni muntazam ravishda ilgari surib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика