1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: Rossiya muzokaralarni istamoqda

U muloqot ochiq formatda o‘tkazilishi kerakligini aytgan.

Zelenskiy: Rossiya muzokaralarni istamoqda

 

Vladimir Zelenskiy boshqa davlat yetakchilaridan Rossiyaning muzokaralar boshlash istagi haqida signal olgan. Bu haqda Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan suhbatda maʼlum qildi.

 

“Ha, men haqiqatdan ham davlat rahbarlaridan turli signallarni oldim. Fikrimcha, Putin to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni istamoqda. Men ochiq muzokaralarni taklif qildim, chunki Rossiya biz bilan ochiqchasiga urushmoqda”, – degan Ukraina rahbari.

 

 U G20 sammitida tinchlik uchun 10 ta punktni taklif qilganini eslatdi.

 

“Menimcha, bu butun dunyoda tinchlik uchun formula. Chunki, har bir davlat u yerda o‘z o‘rnini topadi va u yoki bu tashabbus bo‘yicha yetakchi bo‘lishi mumkin”, – degan Zelenskiy.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика