Polsha prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha vakili 5 aprel, chorshanba kuni Varshavaga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning tashrifi kutilayotganini aytdi.
Markin Pshidachning so‘zlariga ko‘ra, tashrif prezident Anjey Dudaning taklifiga binoan amalga oshiriladi.
"Tomonlar o‘rtasida uzoq va puxta muzokaralar bo‘lib o‘tadi, unda nafaqat xavfsizlik masalalari, balki iqtisodiy va siyosiy ko‘mak bo‘yicha ham keng ko‘lamli mavzular bo‘yicha suhbat bo‘ladi", — dedi Pshidach.
Polsha prezidenti devoniga ko‘ra, Duda bilan rasmiy muzokaralardan so‘ng Varshavadagi Qalʼa maydonida ochiq uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ilgari Zelenskiy Polshaga faqat qisqa muddatli amaliy tashriflar bilan kelgan. Ukraina prezidenti devoni hali Zelenskiyning Varshavaga tashrifi haqida eʼlon qilmadi.


