1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Zelenskiy Ukrainada 9-may sanasini Yevropa kuni deb belgiladi

Bu haqda u videomurojaati chog‘ida aytib o‘tdi.

Zelenskiy Ukrainada 9-may sanasini Yevropa kuni deb belgiladi

 

Shuningdek, davlat rahbari Oliy Radaga 8-mayni Xotira va Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuni deb belgilashni taklif qiluvchi qonun loyihasini taqdim etdi

 

"Biz davlatimizga mafkuraviy aralashmalarsiz halol tarixni qaytarmoqdamiz. Aynan 8-may kuni dunyo xalqlarining aksariyati natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaning buyukligini eslaydilar. Aynan 8-may kuni dunyo halok bo‘lganlarning xotirasini hurmat qiladi”, — dedi Zelenskiy.

 

Prezident Ukraina o‘z xalqining natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasini hech qachon unutmasligini, g‘alaba hech bir davlat yoki xalq ishtirokisiz sodir bo‘lishi mumkinligi haqida yolg‘on gapirmasligini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика