Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 2023-yilda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi.
Yevropa rasmiysining taʼkidlashicha, Ittifoq zarur bo‘lgan vaqtgacha Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
“Biz sizning qahramonlarcha kurashingizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — degan u.
Bundan tashqari, fon der Lyayyen YEI joriy qish mavsumida Ukrainani generatorlar, lampochkalar va maktab avtobuslari yetkazib berish bilan qo‘llab-quvvatlayotganini eslatdi.
Bunga javoban Zelenskiy o‘zining Twitter sahifasida yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.
“Biz qo‘llab-quvvatlashni his qilamiz va birgalikda g‘alaba sari intilamiz”, — dedi Ukraina rahbari.


