Maktab bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlarining sanasi maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Xalq taʼlim vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova xabar berdi.
XTV xabariga ko‘ra,umumtaʼlim maktablarda 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.
Maʼlumotga ko‘ra, 9- va 11-sinf- bitiruvchilari odatdagidek , qarorda belgilangan fanlardan imtihon topshiradilar.
Shuningdek, bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 2-7 may sanalaridan 11-14 may kunlariga ko‘chiriladi.
Joriy o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi.
Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat sertifikatga ega hamda chet tili fani bo‘yicha V1 va undan yuqori V2, S1, S2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar tegishli fandan hamda chet tili fanidan yakuniy nazorat imtihonlaridan ozod etiladi.


