Yangilangan maʼlumotlarga ko‘ra, Ekvadorning Azuay provinsiyasida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi.
480 nafar inson jarohatlandi, bir qator uylar, maktablar va tibbiyot markazlariga zarar yetdi. Vayronalar avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘ygan.
“Biz bugun ertalab zilzila yetkazgan zararni tekshirib, hududda qolamiz. Men siz bilan ekanligimni aytmoqchiman va halok bo‘lganlar bilan birdamligimni bildirmoqchiman”, — deb yozdi Ekvador prezidenti Gilermo Lasso Tvitter sahifasida.
Petroecuador davlat neft kompaniyasi evakuatsiya qilingan va bir qancha obyektlarda faoliyatini to‘xtatgan.


