1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ziroat Mirziyoyeva nomidan mukofot pullari tarqatilayotgani rostmi?

“Zamin” xalqaro jamoat fondi xabarga oydinlik kiritdi.

Ziroat Mirziyoyeva nomidan mukofot pullari tarqatilayotgani rostmi?

 

“Zamin” xalqaro jamoat fondi ijtimoiy tarmoqlarda Ziroat Mirziyoyeva nomidan mukofot pullari tarqatilayotgani aytilgan xabarlar yolg‘on ekanini tasdiqladi.  

 

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi nomidan soxta akkauntlar ochilib, xayriya va mukofot pullari tarqatilishi haqida yolg‘on axborotlar tarqatilmoqda.

 

«Mazkur xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va yurtdoshlarimizni bu kabi feyk maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz», — deyiladi xabarda.

 

“Zamin” fondi loyihalari haqida uning veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali xabardor bo‘lish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика