Janubiy Koreya yangi "omicron" shtammi tarqalishi bilan bog'liq keskin vaziyat sharoitida Pfizer tabletkalarini COVID-19 ni davolashda keng qo'llashni boshlagan birinchi Osiyo davlatiga aylanadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Mamlakat hukumati va mutaxassislar preparat koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko'payishini oldini olishda yordam berishiga umid qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, Amerika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 630 mingga yaqin tabletkalar Janubiy Koreyadagi 280 dorixona va 90 ta davolash markazlariga yetkazib berilgan. Bu miqdor 21 000 potensial bemorni davolash uchun yetarli.
Gap birinchi navbatda 65 yoshdan oshgan fuqarolar, shuningdek, immuniteti zaif va surunkali kasalliklarga chalingan odamlar haqida bormoqda. 10 ming kishiga mo‘ljallangan 300 ming dona preparatning navbatdagi partiyasi yanvar oyi oxirida Janubiy Koreyaga yetkazilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya yangi shtamm sabab xorijliklarga mamlakatga kirishni fevral oxirigacha taqiqlagan.