Jahon

Oziq-ovqat tanqisligi: bu qay darajada real?

Rossiya-Ukraina mojarosi sabab ko‘plab davlatlar o‘z tovarlarni chetga eksport qilolmayapti.

Oziq-ovqat tanqisligi: bu qay darajada real?

 


Dunyodagi so‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar, xususan, Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi barcha sohalar qatori oziq-ovqat va uni yetkazib berishda muammoli vaziyatni yuzaga keltirdi. Jahonning g‘alla, shakar, o‘simlik yog‘i va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishda yetakchilari hisoblangan bu  davlatlar o‘z tovarlarini eksport qila olmayapti. Yoki uning savdosini cheklab qo‘ydi.

 

Masalan, Ukraina tomoni uning omborlarida yetarli miqdorda bug‘doy borligini, ammo Rossiya portlarni bloklab qo‘yishi natijasida uni yetkazib berishda muammo yuzaga kelganini ta’kidlab kelmoqda.

 

Rossiya esa mart oyidan boshlab mamlakatdan g‘alla va yog‘ mahsulotlarini olib chiqishni taqiqlab qo‘ydi. Bu taqiq hatto uning eng yaqin ittifoqchilari hisoblangan Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi davlatlariga ham joriy etilgan. Bundan tashqari, uning mineral o‘g‘itlariga qo‘yilgan sanksiyalar qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin.

 

Bu ikki davlatdan don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari eksportining amalda to‘xtab qolishi dunyoning turli mintaqalarida, eng avvalo, qariyb 600 million aholi yashaydigan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida narx-navoning keskin ko‘tarilishiga olib keldi.

 

Bundan tashqari, qo‘shni Qozog‘iston ham 15 apreldan boshlab don va bug‘doy eksportini chekladi. Endilikda Nursulton 15 iyunga qadar faqatgina 1 million tonna bug‘doy va 300 ming tonna un eksportiga ruxsat beradi.

 

Bularning barchasi boshqa mamlakatlar qatori, jahon xo‘jaligining ajralmas qismiga aylanib borayotgan O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

 

15 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshgani qayd etildi. Xususan, Prezident keltirib o‘tgan ma’lumotlarga asosan, mart oyida 2021 yilning shu davriga nisbatan oziq-ovqat narxlari 34 foizga oshgan.  Xususan:

 

Bug‘doy – 20 foizga;

Makkajo‘xori – 19 foizga;

Ozuqa donlari – 20 foizga;

O‘simlik yog‘i – 23 foizga qimmatlagan.  Shuningdek, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i bahosi ham 2 barobarga oshgan.

 

Davlat statistika qo‘mitasining Zamon.uzʼga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston eng ko‘p Qozog‘iston va Rossiyadan oziq-ovqat import qiladi. Xususan, birgina joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Qozog‘istondan bug‘doy sotib olish 20.3 foizga, un 49.9 foizga, o‘simlik yog‘i 11.1 foizga oshgan. Shu ikki oy davomida jami 113.1 million dollarlik bug‘doy, 16.4 million dollarlik bug‘doy uni sotib olingan. Ularning Qozog‘istondan xarid qilingani inobatga olinsa, qo‘shni davlatda g‘alla eksportiga joriy etilgan cheklov ma’lum darajada O‘zbekistonga ham ta’sir qiladi.

 

Shu bilan birga 16 mart kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkor davlatlarda oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga joriy etilgan cheklov O‘zbekistonga salbiy ta’sir o‘tkazmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Unga ko‘ra, 2022 yilda respublikada 7 million 679 ming tonna bug‘doy yetishtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, o‘tgan yilgi g‘allaning 2.5 million tonnasi respublika don zaxiralariga olingani, 4 million tonnadan ortiq g‘alla esa aholi ixtiyorida qolgani qayd etilgan.

 

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi vazifalarni belgiladi:

–        Yangi qo‘shilayotgan 300 ming gektar yer maydonlaridan foydalanish. Bu yerlarning 80 ming gektari  qisqartirilgan paxta va g‘alla maydonlari;

–        Hosildor urug‘ va ko‘chat navlarini yetkazib berish va xarid qilish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratiladi;

–        Suv ta’minotini yanada yaxshilash, uning tanqisligiga qarshi kurash;

–        Tomorqalardan yanada samarali foydalanish;

 

Bu chora-tadbirlarning barchasi oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan. Tinimsiz o‘zgarib borayotgan dunyoda strategik mahsulotlar, eng avvalo iste’mol tovarlariga bo‘lgan qaramlikni tugatish muhim ahamiyatga ega.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"