Jahon

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

 

Reuters agentligi manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash masalasi muhokama qilinmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat delegatsiyalari yaqin kunlarda Islomobod shahriga tashrif buyurishi mumkin. Muzokaralarning aniq sanasi hozircha e’lon qilinmagan, biroq manbalardan birining ta’kidlashicha, delegatsiyalar juma kunidan yakshanbagacha bo‘lgan muddatda uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

Agentlikka ko‘ra, Eron tomoni muzokaralarning navbatdagi bosqichiga tayyor ekanini vositachi sifatida ishtirok etayotgan Pokiston hukumatiga ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Oq uyning ushbu ehtimoliy uchrashuv bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi hozircha ochiqlanmagan.

 

CNN telekanali xabariga ko‘ra, AQSh rasmiylari ehtimoliy sana va joy masalasini muhokama qilmoqda. Kanal manbalari muzokaralarni “dastlabki bosqichda” deb baholab, ularning o‘tkazilishi mintaqadagi vaziyat yaqin kunlarda yaxshilanishiga bog‘liq ekanini qayd etgan.

 

Avvalroq The Atlantic nashri jurnalisti Arash Azizi uchrashuv 16-aprel kuni bo‘lib o‘tishi mumkinligini ilgari surgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, delegatsiyalarning avvalgi uchrashuvi 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan bo‘lib, bu 1979-yilda Islom Respublikasi tashkil etilganidan beri ikki davlat o‘rtasidagi eng yuqori darajadagi muloqotlardan biri sifatida baholangan. Biroq ushbu uchrashuv yakunlari kutilgan natijani bermaganini ma’lum qilingan edi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.