O'zbekiston

O‘zbek tili haqiqiy davlat tiliga aylandimi?

O‘zbek tilini isloh qilish yo‘lida qilinadigan ishlar talaygina. Biroq u bilan bog‘liq bo‘lgan bugunning eng og‘riqli nuqtasi ikki imlo bo‘lib turibdi.

O‘zbek tili haqiqiy davlat tiliga aylandimi?

 

Joriy yil o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ldi. Bu juda uzoq muddat bo‘lmasa-da, mazkur davrni qisqa deb ham atay olmaymiz.  O‘tgan vaqt mobaynida o‘zbek tilining jozibayu jilosini maqtab qancha bong urishlar bo‘ldi, unga bo‘lgan hurmatimiz bir necha hujjatlar qabul qilingani bilan ko‘rinsa-da, aksariyat qonunlar, ish yuritish, reklama va e’lonlar hamon chet tilida olib borilayotgani bu ehtirom an’anasiga nuqta qo‘yib borayotgandek go‘yo. 

 

Til – millat ruhi, aynan uning qay darajada qudratli ekanini tilga bo‘lgan munosabatdan anglab olish mumkin. Chunki xalq taqdiri til taqdiri bilan chambarchas bog‘liq. 

 

Bugungi kunda o‘zbek tilini isloh qilish, uni boshqa tillar bilan manba sifatida raqobatlasha oladiganlari ro‘yxatiga qo‘shishda qilinadigan ishlar talaygina. Biroq millat ruhi bilan bog‘liq bo‘lgan bugunning eng og‘riqli nuqtasi ikki imlo bo‘lib turibdi. 

 

Tilshunos olim Baxtiyor Isobekning yozishicha, imlo haqidagi qonun 33 yil avval qabul qilingan, Hukumat hozir kirillni to‘xtatib, lotinga o‘tamiz deyishga mutlaqo haqli. 
 

“Lekin bunday qilmaydi, chunki Hukumatdagilarni lotindan xabari yo‘q, ular kirillda yozishda, o‘qishda davom etishyapti. Achinarlisi shundaki, bugunga kelib katta avlod bilan yoshlar o‘rtasida tafovut paydo bo‘ldi, ular kirillchada qiynalsa, katta avlod lotinchadan uzoq. Umuman, bir alifbodan ikkinchisiga o‘tish uchun buncha uzoq vaqt sarflash yaxshi emas. Bizda avvalgi tajribalar bor, 1940 yilda mamlakat bir kechada lotindan kirill alifbosiga o‘tkazilgan, 33 yilga cho‘zilmagan”, — deydi olim.


Tilmizning bugungi holati maqtagulik emas. 

 

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bilan shug‘ullanib kelayotgan pedagog Saida Rashidova deydi:

 

“CEFR xalqaro til bilish standartlari bor. Unga ko‘ra istalgan tilni bilish darajasi 6 ta (A1, A2, B1, B2, S1, S2). O‘zbek tili hamon shu standartlarga moslashtirilmagan. Ya’ni men o‘quvchilarimga o‘zbek tilini bilishi A1 darajasi qayerda tugaydiyu, A2 qayerdan boshlanishini aniq ilmiy asoslangan tamoyillarga tayanib ayta olmayman. O‘zim sub’yektiv kuzatuvlarimga ko‘ra belgilab olganman. Sharqshunoslik universiteti va Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mas’ullari bu tamoyillar ishlab chiqilganini aytishmoqda. Biroq qayerda ular? Nega ochiqlanmaydi? Ular xalqaro standartlarga mosmi? Testlari qani? Mendek o‘qituvchilar uni qayerdan bilsak bo‘ladi? Bu savollarga javob yo‘q.

 

Butun dunyo til o‘rganishda “1-qator so‘zlar”, “2-qator so‘zlar” va hokazo materiallarga tayanadi. Masalan, ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, eng faol qo‘llanadigan 50 ta fe’lni bilsangiz, qaysidir darajada gaplasha olasiz – bu standart. O‘zbek tilida shunday standartlar yo‘q. Men o‘quvchilarim uchun o‘zim tuzib chiqyapman shunday standartlarni. Aslida bu til uchun umumiy va allaqachon belgilangan standartlar bo‘lishi kerak.

 

Duo-lingvoga o‘xshash til o‘rgatish platformalari, audiomateriallar, subtitrlar kerak bizga. Subtitrlar til o‘rganuvchilarning ham tilni o‘rganish, ham o‘sha tildagi savodlilik darajasiga juda yaxshi ta’sir qiladi. Instagramda, masalan, subtitr bilan qo‘yilgan kontentlarning statistikasi ancha yuqori, chunki odam ovozni har doim ham eshitolmasligi mumkin, ovozsiz holda ko‘rib ham kontentni tushunishi uchun subtitr muhim. Biroq bizda subtitrlarni deyarli ishlatishmaydi.

 

Bizning buyuk dublyaj maktabimiz va dublyaj xazinamiz bor. Men o‘quvchilarimga “Ы operatsiyasi”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” kabi filmlardan foydalanib tilimizni o‘rgatyapman. “Olaveringlar, olaveringlar, kamayib qolmaydi” yoki “Bizgacha o‘g‘irlab bo‘lishgan” kabi mashhur iboralar tilimizning joziba va shirasini ko‘rsatadi. Bu jonli til va o‘rganuvchilar uchun ta’sirli usuldir. Nima uchun shu usullardan samarali foydalanishmaydi?

 

Yoki o‘zbek tilini istalgan yoshdagi insonga o‘rgatish uchun universal grammatikamiz bormi? Yosh bolalarga o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rgatish uchunchi? Tushunaman, bu kungacha o‘zbek tilini o‘rganishga talab kam deb sanalgan ishlar amalga oshirilmagandir. Biroq endi zamon boshqa, tilni o‘rganamiz deydiganlar ko‘p. Tilning amaliy jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratish kerak”.

 

Haqiqatdan ham shunday. Til masalasi millat birligi, milliy o‘zlik va Vatanparvarlikning asosidir. U millat tarixi va madaniyatining yorqin ifodasi. Albatta, xorijiy tillarni o‘rganish, bu bo‘yicha zamonaviy bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lish o‘ta muhim. Ammo eng avvalo Ona tilini mukammal o‘rganish, uni boyitish va asrash zarur. 

 

Ishoqxon Ibratningi “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu Vataniy ishdir”, degan hikmatli so‘zlari ayni haqiqatdir.

 

Go‘zal Abdullayeva tayyorladi

 

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti — “Oltin moʻyna” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

custom img

Andijondagi zapravkada portlash yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor.

custom img

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yilda 20 foizga oshdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

custom img

O‘zbekiston va Gruziya qo‘shma turizm loyihalarini amalga oshiradi

Gruziyaning turizmni rivojlantirish tajribasi, jumladan, soliq imtiyozlari va enoturizm yo‘nalishlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin.

custom img

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimni YHXX boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Murodbek Sherliyev egalladi.

custom img

Andijonda 15 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlab, halok bo‘ldi

Janubiy Farg‘ona kanaliga o'zini tashlagan qizning jasadi bir kun o‘tib topilgan.

custom img

O‘zbekiston–Gruziya turizm aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda

Gruziya turizm kompaniyalari noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi”da ishtirok etishga taklif qilindi.

custom img

Toshkentda bolalarga zo‘ravonlik qilingan xususiy bog‘cha yopilishi mumkin

Bog‘chada bolalarning og‘ziga mato tiqilgani va qo‘li eshik bilan qisilgani aks etgan videolar ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"