O'zbekiston

Qo‘qondagi uyda ham portlash yuz berdi. Qurbon bor

Portlash oqibatida 4 kishi shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Qo‘qondagi uyda ham portlash yuz berdi. Qurbon bor

 

16-fevral kuni soat 21:18 da Qo‘qon shahrida joylashgan Muqimiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga soat 21:23 da yetib borgan. Yong‘in 21:25 da o‘rab olinib, 21:32 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuzaga kelgan. Yong‘in natijasida 28-uyda taxminan 50 kvadrat metr maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari zararlangan.

 

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohatlari olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 1 nafar fuqaro vafot etgan.

 

Ayni paytda hodisaning kelib chiqish sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.