Uzbekistan Airways’da yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Unga ko‘ra, kompaniya raisiga o‘rinbosarlar tayinlangan.

“Uzbekistan Airways“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida tayinlovlar amаlga oshirildi.
Unga ko‘ra, Sattarov Alisher Abduvoxobovich uch yil muddatga “Uzbekistan Airways“ aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining transformatsiya, moliyaviy va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
Ikramov Shaxzod Ilyasovich uch yil muddatga “Uzbekistan Airways“ aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari;
Yadgarov Shuxratillo Shavkatovich uch yil muddatga aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining “Uzbekistan Airways“ tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovlar “Uzbekistan Airways“ aksiyadorlik jamiyatining ovoz beruvchi oddiy aksiyalariga ega bo‘lgan Yagona aksiyadori — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan.







