Iqtisodiyot

O‘tgan yil "Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 54,2 mlrd. kvt. soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

AJ 2023 yilning asosiy ko‘rsatkichlarini eʼlon qildi.

O‘tgan yil "Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 54,2 mlrd. kvt. soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bugun mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi asosiy generatsiya tarmog‘i hisoblanadi. Tarmoq korxonalarining yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidagi ulushi 70 foizdan ko‘proqni tashkil etadi.

 

2023 yil davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan jami 54,2 mlrd.kvt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu rejaga nisbatan 1,4 mlrd.kvt.soatga ko‘p bo‘lib, qo‘yilgan vazifa 102,6 foizga bajarildi.

 

2023 yilda investitsiya loyihalari doirasida 622,63 mln. AQSH dollari o‘zlashtirildi, bunda belgilangan reja ijrosi 100,1 foizni tashkil etdi. Investitsiya dasturi doirasida yangi, zamonaviy, energotejamkor qurilmalarni joriy etish maqsadida, Tolimarjon IES AJda 1065 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasini qurishga start berildi. Toshkent IEMda 2024 yilning birinchi choragida 64 MVt ga teng ikkita gaz turbinasi qurilmalari ishga tushiriladi.

 

Issiqlik elektr stansiyalarini 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida jami 53 ta energoqurilmalarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada energoqurilmalarning mavjud quvvati 209 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 483 tonna/soatga oshirilishiga erishildi.

 

Shuningdek, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “Chilonzor-5” va Shayxontohur tumanidagi “G‘arbiy-3” sonli issiqlik markazlari  qozonxonalari modernizatsiya qilindi. Eʼtiborlisi, qurilmaning gibrid shaklida ishlashi anomal sovuq ob-havo sharoitida ham, zaxira yoqilg‘isini yoqish evaziga isteʼmolchilarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi. Qolaversa, Chilonzor tumanining “Oqtepa” va “Bog‘zor” mahallalari hududida yangi, zamonaviy, energotejamkor kogeneratsiya qurilmasi barpo etildi.  Bu yerda 4,6 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 2 ta gaz-porshen qurilmasi hamda 25,4 Gkall issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi 2 ta Bosch qozonlari o‘rnatildi. Natijada issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 90 foizga kamaytirilishiga, qo‘shimcha yiliga 32,0 mlnkvt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga hamda 1,0 mlnkubmetr tabiiy gazni tejash imkoniyati paydo bo‘ldi.

 

2023 yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida 35 ta loyiha asosida qiymati 35 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Amalda ushbu ko‘rsatkich 48,1 mlrd. so‘mga yoki 137 foizga bajarildi. Qolaversa, kooperatsiya savdolari bo‘yicha 169 mlrd. so‘mlik mahsulot xarid qilish prognoz qilingan bo‘lib, amalda 180,1 mlrd. so‘mga yoki 106 foizga yetkazildi. Importni qisqartirish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlarga ko‘ra 18,5 mln.dollarlik mahsulot o‘zimizda ishlab chiqarilib, belgilangan yillik reja ijrosi 107,4 foizni tashkil etdi.

 

Eʼtiborlisi, aksiyadorlik jamiyatida o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini “yashil energiya” hisobidan qoplash bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilyapti. Xususan, Davlatimiz rahbarining ushbu yo‘nalishdagi bir qator topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2023 yilda 9,6 MVt quvvatga teng quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirildi. Hozirda mazkur quvvatni 15 MVtga yetkazish choralari ko‘rilyapti.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"